AL-BERUNIY XALQARO MAKTABI ma’muriyati farzandingizga namunali tarbiya berganingiz va jamoamizni qollab-quvvatlaganingiz, pedagogik faoliyati murakkabligini tushunganligingiz, Loyiha muammolariga e’tiborli bo‘lganligingiz va ularning konstruktiv muhokamaga ochiqligi, sinf va maktabni qo’llab-quvvatlaganingiz uchun samimiy minnatdorlik bildiradi. Farzandingizga yaxshiroq ta’lim-tarbiya berishga bo‘lgan katta intilishlaringiz va maktabning pedagogik salohiyati birlashib, farzandlarimizning ulkan yutuqlari yo‘lida umumiy muvaffaqiyatlarni ta’minlashiga bir soniya ham shubha qilmaymiz.
Biz uchun munosabatlarimizdagi eng oliy qadriyat doimo maktab imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchingiz bo‘lgan va shunday bo‘lib qolishini alohida ta’kidlashdan charchamaymiz. Ishbilarmon yondashuvingiz va o‘quv to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lashga jiddiy munosabatda bo‘lganingiz uchun ham sizga alohida minnatdorchilik bildiramiz. Sizning partnyorlik majburiyatingizga bo’lgan mas’uliyatli yondashuvingiz maktab hayotiy muammolarini hal qilishda bebaho hissa qo’shishini ta’kidlashni adolatli deb hisoblaymiz. Bu shunday holatki “Biz birga kuchlimiz!” iborasi oddiy gap emas, go‘zal so‘z emas, balki barcha xayrli sa’y-harakatlarimizda o‘zaro tushunish va bir-birimizni qo‘llab-quvvatlashimiz muhimligini chinakam e’tirof etishdir.
Biz birinchilardan sizga ana shunday ulkan rejalarimiz haqida xabar berishga shoshilmoqdamiz. 2022-2023 o‘quv yilida yangi filial ochishni rejalashtirganmiz, bu butun mamlakatimiz ta’lim tizimini rivojlantirishda muhim bosqich bo‘lishiga ishonchimiz komil. Ushbu qiyin, ammo muhim masalada biz har doimgidan ham ko’proq sizning yordamingizga muhtojmiz. Zero, kommunal to‘lovlar va soliq to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirish bilan birga, maktabning asosiy tayanchi – O‘qituvchilarga ham o‘z vaqtida maosh to‘lab berish sizlarning ko‘magingiz bilan amalga oshirilmoqdadir.
Hamkorligimiz uzoq muddatli ekanligini hisobga olgan holda, Yangi 2022 yil arafasida biz eksklyuziv “Specially for you ” sovg‘asini rejalashtirganmiz. Ushbu imkoniyat tufayli siz nafaqat bizni sa’y-harakatlarimizda qo’llab-quvvatlashingiz, balki o’zingiz va oilangiz uchun jiddiy resurslarni tejashingiz mumkin.
Sizning tanlovingiz uchun sizga ikkita variantni taklif qilamiz:
– Siz kelgusi fevral, mart, aprel oylari uchun 15 dekabrdan 31 dekabrgacha to’lovni oshirgan holda, 5% chegirmaga ega bo’lasiz.
– Siz kelgusi fevral, mart, aprel, may va iyun oylari uchun 15 dekabrdan 31 dekabrgacha to’lovni amalga oshirgan holda, 8% chegirmaga ega bo’lasiz.
Biz, qishki ta’til davomida sizlarning bebaho yordamingiz tufayli sizlar bilan hamkorlikda amalga oshirish mumkin bo‘lgan barcha murakkab reja va vazifalarni amalga oshirishimizga qat’iy ishonamiz.
Xonadoningizga tinchlik va osoyishtalik, barchamiz uchun oson bolmagan ota-onalik vazifasida katta sabr va undan ham katta pedagogik donolik tilab qolamiz. Har doim pozitiv bo’lib qoling! Inson uchun ta’lim muhimligiga ishonchni yo’qotmang! Maktabdan olishga muvaffaq bo’lgan bolangizning bilim kitobidagi har bir yangi harfdan zavqlanish qobiliyatini yo’qotmang! Ishoning, biz sizni aynan shunday deb bilamiz, aziz AL-BERUNIY XALQARO MAKTABI ota-onalari!